Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada vaksina ishlab chiquvchilarga kiberhujumlar uyushtirildi
Yaponiya tomoni vaksina rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan biron bir ma'lumotlarning o‘g‘irlanishi haqida aniq xabar bermagan.
Joriy yilning aprel oyidan boshlab koronavirusdan himoya qiluvchi vaksinalarni ishlab chiqarishda ishtirok etgan yapon kompaniyalari va tashkilotlari vaqti-vaqti bilan kiberhujumlarga duch kelmoqda. Bu haqda 19 oktabr, dushanba kuni Kyodo agentligi Amerikaning CrowdStrike kiberxavfsizlik kompaniyasi mutaxassislariga tayangan holda xabar bergan.
Tashkilot mutaxassislari fikriga ko‘ra, xakerlar elektron pochta orqali yuborilgan viruslar yordamida COVID-19’ga qarshi vaksinalar ishlab chiqish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan fayllarga kirishga harakat qilgan.
«CrowdStrike ushbu xurujlar ortida xitoylik xakerlar turgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi», - deyiladi xabarda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi oxiriga kelib dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi turidan himoya qiluvchi vaksinalarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq 190ga yaqin loyihalar ishlab chiqilmoqda. Yaponiyada, xususan, Yuqumli kasalliklar milliy instituti, Tokio universiteti va boshqa muassasalarda faol ravishda ish olib borilmoqda. Ba'zi vaksinalar hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025