Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston turk mollari importini taqiqladi
Armaniston hukumati turk tovarlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi, qaror 31 dekabrdan kuchga kiradi, deya xabar qilgan chorshanba kuni Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
«Armaniston Respublikasi hukumati 20 oktyabrdagi qarori bilan Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirishga vaqtincha taqiq kiritdi. Taqiqlov 2020 yil 31 dekabrda kuchga kiradi», — deya xabar bergan RIA Novosti. Qayd etilishicha, Turkiyadan keladigan tovarlarni olib kirishni cheklash xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda.
«Turkiyadagi tovarlarni olib kirishni taqiqlash Turkiya davlat xazinasini arman manbalaridan moliyalashtirishni to‘xtatadi va shu bilan birga, dushman bo‘lgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirishni cheklash orqali Armaniston uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning ehtimoli to‘xtatiladi», – deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025