Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada grippga emlashdan keyin 28 kishi vafot etdi
Janubiy Koreyada grippga emlashdan keyin 28 kishi vafot etdi. Vafot etganlarning aksariyati keksalar bo‘lgan.
Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, o‘lim holatlari 16 oktyabrdan 22 oktyabrgacha oraliqda qayd etilgan. Birinchi o‘lim holati Inchxon shahrida 16 oktyabrda qayd qilingan: 17 yoshli maktab o‘quvchisi emlashdan keyin vafot etgan. Shundan keyin bunday holatlar Seulda, Kyongido provinsiyasida va boshqa yerlarda yuz bergan.
Vafot etganlardan aksariyati keksalar bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi boshqa jiddiy kasalliklardan aziyat chekkan.
Tekshiruv kamida 2 ta o‘lim holati eng keng tarqalgan ikkilamchi ta'sirlardan biri bo‘lgan anafilaktik shok bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Ushbu vaziyat tufayli Janubiy Koreya tibbiyot uyushmasi emlash dasturini 29 oktyabrgacha to‘xtatib turishni taklif qilgan. Mutaxassislarning aytishicha, kamida 6 ta holatda tekshiruv emlash va odamlarning o‘limi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini o‘rnatgan. Vaksinalarda zaharli moddalar aniqlanmagan.
Dastur doirasida 13 mln kishi emlangan. Undan maqsad koronavirus pandemiyasi vaqtida mavsumiy gripp tufayli shifoxonalarga ortiqcha yuklama tushishidan qochish hisoblanadi. Dastur davomida 30 mln kishini emlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025