Jahon | 16:01 / 22.10.2020
5493
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovlari o‘tkazilishi muddatini ko‘chirish taklif qilindi

Qonun loyihasi tashabbuskorlari dastlab saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish, so‘ngra saylov o‘tkazishni taklif qilishmoqda.

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘iziston parlamentining bir guruh deputatlari 20 dekabrda o‘tkazilishi belgilangan parlament saylovlari muddatini ko‘chirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun parlamentga taqdim etildi.

Loyiha tashabbuskorlari dastlab saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish, so‘ngra saylov o‘tkazishni taklif qilishmoqda.

Qonun loyihasida qayd etilishicha, takroriy parlament saylovlari 2021 yilning 1 iyunidan kechiktirilmasdan o‘tkazilishi lozim.

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi Qirg‘iziston parlamentiga bo‘lib o‘tadigan takroriy saylovlarni 2020 yilning 20 dekabr sanasiga belgilagandi.   

Mamlakatda parlament saylovlari 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 4ta partiya Jo‘qorg‘u Keneshdan joy olgan.

 Biroq natijalardan norozi bo‘lgan boshqa partiyalarning talabi va Bishkekda boshlangan namoyishlardan so‘ng 6 oktabr kuni Qirg‘iziston MSK saylov natijalarini bekor qilgan.

Mavzuga oid