Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvineyadagi prezident saylovlarida Alfa Konde g‘alaba qozongani ma'lum qilindi
Gvineyaning amaldagi prezidenti Alfa Konde 18 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu Kondening 3-muddatga qayta saylanishidir.
Gvineya Mustaqil milliy saylov komissiyasining ma'lum qilishicha, 38 ta saylov uchastkasining 37 tasidan olingan byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin 82 yoshli Konde 2,4 mln ovoz, uning bosh raqibi - muxolifat yetakchisi Selu Daleyn Diallo 1,25 mln ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Gvineyaning sobiq bosh vaziri Diallo saylovlarning dastlabki natijalaridan norozi. “Biz saylovlarda sodir etilgan firiblar isbotiga egamiz va uni konstitutsiyaviy sudga taqdim etamiz”, deb aytgan Diallo.
Gvineyada 21 oktyabrda saylov komissiyasi raisi Kabine Sise saylovlarda Konde yetakchilik qilayotganini e'lon qilgandan keyin tartibsizliklar boshlanib ketgan. France-Presse axborot agentligining ma'lum qilishicha, tartibsizliklar natijasida kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:15 / 02.12.2024
«Barchasi hakamning bahsli qaroridan boshlandi». Gvineyadagi o‘yinda o‘nlab fanatlar halok bo‘ldi
21:45 / 01.08.2024
Gvineyaning sobiq harbiy yetakchisi insoniyatga qarshi jinoyatda aybli deb topildi
22:42 / 04.11.2023
Gvineyada qurollangan shaxslar sobiq prezidentni qamoqdan chiqarib oldi
18:58 / 01.10.2021