Jahon | 20:04 / 26.10.2020
36746
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov xalqaro qidiruvga berildi

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov va Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Qirg‘izistonning jazoni ijro etish davlat xizmatida ma'lum qilindi. 

Foto: AKIPress

Sobiq siyosatchilar mamlakatda o‘tgan ommaviy noroziliklar vaqtida turmadan ozod etilgandi. Ta'kidlanishicha, ularga berilgan ta'til muddati 12 oktyabrda o‘z nihoyasiga yetgan.

“Sapar Isakov xalqaro qidiruvga berildi. Ayni vaqtda Isakov va Ibraimov chegarani kesib o‘tgani-yo‘qligi haqida ma'lumot yo‘q”, deb aytilgan xabarda.

Sapar Isakov Almazbek Atamboyev prezidentligi vaqtida 2017-2018 yillarda bosh vazir lavozimini egallagan. Albek Ibraimov Bishkekka 2016-2018 yillarda mer bo‘lgan.  

Ularning ikkisi ham korrupsiya ishi bo‘yicha 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 

10 oktyabrda Qirg‘iziston bosh prokuraturasi sobiq prezident Almazbek Atamboyev va uning tarafdorlari ozodlikdan mahrum etish joylarini noqonuniy tark etganlarini ma'lum qilgan va ulardan ixtiyoriy ravishda ortga qaytishlarini talab qilgan. 

Mavzuga oid