Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi sotuvga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 oktabr kuni “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, davlat obektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi hamda davlat mulkini sotishda investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.
Davlat unitar korxonalari xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi.
Shuningdek, davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.
Farmonning 5-ilovasi bilan xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlangan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy saytiga joylangan ma'lumotga ko‘ra, mazkur ro‘yxatda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmatining 20 219 kv.m. maydonga ega sobiq markaziy binosi ham kiritilgan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025