Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda opadan ukaga 103,9 mln so‘m xonadon ulushi undirib berildi
Sud qarori ijrosini bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan, biroq qarzdor A.Gromikova tomonidan sud qarori ijrosi o‘z vaqtida bajarilmagan.
MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2020 yil 10 iyundagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Gromikovadan undiruvchi A.Gromikov foydasiga Uchtepa tumanida joylashgan 76-xonadondan 103 mln 963 ming 356 so‘m ulush undirib berish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida ushbu ijro hujjati qonunning tegishli moddalariga asosan qo‘zg‘atilgan va qarzdorga sud qarori ijrosini bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq qarzdor A.Gromikova tomonidan sud qarori ijrosi o‘z muddatida bajarilmagan.
Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borilib, natijada joriy yilning 27 oktabr kuni undiruvchi A.Gromikov foydasiga 103 mln 963 ming 356 so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirib berildi. Mazkur ijro ishi amalda tamomlangan.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024