Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi
Prezidentning «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma'lumotnomani talab etish taqiqlangan. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi:
- turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma'lumotnoma;
- oila a'zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma'lumotnoma;
- qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a'zolari borligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma;
- vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a'zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma;
- shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma'lumotnoma;
- dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma'lumotnoma.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
08:30 / 01.11.2024