Jahon | 20:53 / 07.11.2020
8535
2 daqiqa o‘qiladi

Federal komissiya AQSh prezidenti saylovida soxtalashtirishlar aniqlanmaganligini bildirdi

Prezident Donald Tramp saylovda soxtalashtirishlar bo‘lganini ta'kidlab kelmoqda.

Foto: Reuters

Saylovlar bo‘yicha AQSh Federal komissiyasiga mamlakatda o‘tkazilgan prezident saylovidagi ovoz berish jarayonlarida soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida hech qanday dalil kelib tushmadi. Bu haqda komissiya a'zosi Ellen Uayntraub ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov tashkil etilishi bo‘yicha juda kam shikoyat kelib tushgan.

"Saylovlarda soxtalashtirishlar bo‘lgani to‘g‘risida hech qanday isbot yo‘q. Kelib tushgan shikoyatlarga soxtalashtirishlar bo‘yicha dalillar ilova qilinmagan", - dedi Uayntraub.  

 Prezident Donald Tramp saylovda soxtalashtirishlar bo‘lganini ta'kidlab kelmoqda.

 Jumladan, Tramp Pensilvaniya shtatida ovoz berish natijalari noqonuniy ravishda o‘zgartirilgan deb hisoblamoqda.  

 Shuningdek, uning qayd etishicha, kuzatuvchilarning qator shtatlarda saylov uchastkalariga qo‘yilmaganligi sababli Trampning ovoz olish borasidagi yetakchiligi yo‘qqa chiqqan.

 3 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘zaro raqobat olib bordi.

 Saylovda Bayden g‘alaba qozonishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda, chunki u yaxshigina ustunlikka ega.

Mavzuga oid