O‘zbekiston | 08:48 / 10.11.2020
15595
4 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 11ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 18:30larda Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi “HOWO SINOTRUK” rusumli yuk avtomashinasida yomg‘irli havoda, sirpanchiq yo‘lda harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan yo‘ldan o‘ng tomonga chiqib ketib ag‘darilgan. 

Hodisani ko‘rgan boshqa haydovchilar yo‘l chetiga transport vositasida to‘xtagan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilda sekinlagan vaqtida ortidan kelayotgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.J. o‘z boshqaruvidagi “Man” rusumli yuk avtomashinasida ortilgan yuki bilan keskin tormoz olib, “Lasetti”ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan:

1) haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi “UAZ” rusumli;
2) haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi “Man” rusumli;
3) haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli;
4) haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.N. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli;
5) haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan U.J. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;
6) haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli;
7) haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli;
8) haydovchi 1964 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositalarini birin-ketin urib o‘tgan.

To‘qnashuv natijasida vafot etganlar yo‘q. Zarafshon shahar 3-sonli TSQ tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, ushbu YTH sabab 11 nafar fuqaro murojaat qilgan:

1) 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. - bosh tepa sohasining shilingan jarohati;
2) 2010 yilda tug‘ilgan fuqaro - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
3) 2014 yilda tug‘ilgan fuqaro D.I. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
4) 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro O.S. - ensa soha yirtilgan jarohati;
5) 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
6) 2012 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
7) 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S. - ensa soha lat yeyishi va yirtilish jarohati;
8) 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Ch.B. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
9) 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro K.S. - to‘sh sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi;
10) 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. - bosh chap yon sohasining shilingan jarohati. Bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
11) 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan. 

Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shu kuni yashash uylariga javob berilgan. Konimex tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, 8 noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq tan jarohati olgan fuqarolardan murojaat kelib tushmagan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid