Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari parlament spikeriga o‘tishini aytdi
Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarovning prezidentlik vakolatlari parlament spikeriga o‘tadi. Bu haqda Japarov Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlarimni topshirishim kerak. Vakolatlar avtomatik ravishda parlament spikeri Talant Mamitovga o‘tadi", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Qirg‘izistonda prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025