Jamiyat | 15:13 / 17.11.2020
7432
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 140ta xususiy maktab faoliyat yuritmoqda – vazirlik

Xalq ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Sarvarbek Sa'dullayev hozir O‘zbekistonda nechta xususiy maktab faoliyat yuritayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Bugungi kunga kelib, respublika bo‘yicha umumiy 140ta to‘liq xususiy nodavlat umumta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 18ta nodavlat umumta'lim muassasasi tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Toshkent shahrida 52ta nodavlat umumta'lim muassasasi mavjud. Nodavlat umumta'lim muassasalar soni so‘nggi yillarda nodavlat ta'lim sektoriga bo‘layotgan e'tibor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hisobiga 6 baravarga oshgan», dedi vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

U xususiy maktabni bitirayotganda qanday ko‘rinishdagi shahodatnoma olinishi haqidagi savolga javob qaytargan.

«Avvallari nodavlat umumta'lim muassasalari bitiruvchilari mazkur maktabning shahodatnomasini olish imkoniyatlari yo‘q edi. Ular davlat umumta'lim maktablarida eksternat tariqasida yakuniy imtihon topshirib, davlat umumta'lim maktabi shahodatnomasini olar edilar.

Bugungi kunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, nodavlat umumta'lim muassasalari ham xuddi davlat umumta'lim maktablari singari bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma berishlariga sharoit yaratildi», degan u.

Mavzuga oid