Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Ravshan To‘lakov Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, tibbiyot fanlari nomzodi, 48 yoshli Ravshan To‘lakov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi vrachi, filialning umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ma'lumot uchun, prezidentning joriy yil 12-13 noyabrdagi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida tizimdagi qator muammolar tanqidiy ko‘rib chiqilgan edi.
Yangi rahbarga hududning tibbiy salohiyatini yuksaltirish, chekka qishloq joylariga malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini oshirish kabi qator muhim vazifalar yuklatildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025