Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizil dengizda neft tankeri minada portladi
Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida neft tankeri minada portladi. Bu haqda Maritime xususiy qo‘riqlash firmasi ma'lum qilgan.
Portlash Qizil dengizda, Yaman chegarasi yaqinida 25 noyabr ertalab yuz bergan. Voqea oqibatida ekipaj a'zolariga shikast yetmagan, biroq tankerning suvdan chiqib turuvchi qismida yoriq paydo bo‘lgan. Kema Malta bayrog‘i ostida suzgan, uni gretsiyalik ekipaj boshqargan.
Tankerga egalik qiluvchi kompaniyada ma'lum qilinishicha, kema noma'lum manba tomonidan hujumga uchragan.
Kema 700 ming barrel neft tashiy oluvchi Aframax turidagi tanker bo‘lgan.
MarineTraffic portali ma'lumotlariga ko‘ra, tanker ayni vaqtda Saudiya Arabistonidagi Ash-Shukayk portida qolmoqda. U 17 kun avval Niderlandiyaning Rotterdam shahridan ushbu port tomon chiqqan bo‘lgan.
Voqea Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi obektlariga 23 noyabrda yamanlik husiychilar tomonidan amalga oshirilgan hujumdan keyin yuz berdi.
Mavzuga oid
18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
10:49 / 26.03.2025
Husiychilar Qizil dengizda AQSh harbiy kemalariga zarba berilganini ma’lum qildi
13:42 / 17.03.2025
Husiychilar Qizil dengizda AQSh aviatashuvchi kemasiga hujum qilinganini bildirdi
21:01 / 10.03.2025