Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Fayzullaxo‘jayev Xo‘jaakbar Fayzullayevich va Yunusov Azizbek Ulug‘bek o‘g‘li Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Xususan, Fayzullaxo‘jayev Xo‘jaakbar Fayzullayevich va Yunusov Azizbek Ulug‘bek o‘g‘li endilikda agentlik boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bergan.
Ma'lumot uchun, Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev bundan avval Yunusobod tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Azizbek Yunusov esa bunga qadar Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
18:55 / 05.01.2023
“2022 yilda mehnat migrantlarining 1,2 mln dollar miqdoridagi pullari undirib berildi” - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
12:40 / 17.12.2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xalqaro forum uchun 2,2 mlrd so‘m sarfladi
23:56 / 13.12.2022
Xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ma’lum qilindi
14:58 / 09.12.2022