Sport | 22:04 / 02.12.2020
1988
2 daqiqa o‘qiladi

Mixael Shumaxerning o‘g‘li 2021 yildan “Formula-1”da ishtirok etadi 

“Formula-1” poygalarining afsonaviy poygachisi Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer 2021 yildan “Formula-1”da ishtirok eta boshlaydi. AQShning “Xaas” jamoasi bu borada Mik Shumaxer bilan ko‘p yillik shartnoma tuzdi.

Foto: Getty Images

Ayni vaqtda 21 yoshli Mik “Formula-2”da Prema Racing jamoasi uchun ishtirok etmoqda. U hozirda “F-2”da yetakchilik qilmoqda va joriy yilgi mavsumda g‘olib bo‘lishga yaqin turibdi.

“Keyingi yil “Formula-1”da ishtirok etish imkoniyati meni juda baxtiyor qiladi, menda so‘z yo‘q. “Xaas”, “Ferrari” jamoalari va “Ferrari”ning poygachilar akademiyasiga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, ota-onamga muhabbatimni izhor etmoqchiman. Nimagaki erishgan bo‘lsam, ular tufayli. Men “Formula-1”da o‘z orzuimni ro‘yobga chiqara olishimga doim ishonganman”, deb izoh bergan ushbu voqeaga Mik Shumaxer. 

Mik Shumaxerning “Formula-1”dagi jamoadoshi 21 yoshli rossiyalik Nikita Mazepin bo‘ladi. Ular “Xaas”da fransuz Romen Grojan va daniyalik Kevin Magnussen o‘rnini egallashadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid