Rossiyalik sportchilar 2022 yilgacha mamlakat bayrog‘i ostida ishtirok eta olmaydi
Bugun, 17 dekabr kuni Shveytsariyaning Lozanna shahridagi xalqaro arbitraj sudi (CAS) Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilingani sanksiyasi qonuniyligi haqida qaror chiqardi.
CAS bayonotida qayd etilishicha, xalqaro arbitraj sudi cudyalari Butunjahon antidoping agentligining qarori haqqoniyligini qayd etgan bo‘lishsa-da, Rossiya sportiga nisbatan sanksiyalar e'lon qilingan muddatning teng yarmiga qadar qisqartirildi. Shunday qilib, rossiyalik sportchilar 2022 yilning 16 dekabr sanasigacha yirik xalqaro musobaqalarda mamlakat bayrog‘i ostida ishtirok eta olishmaydi. Sportchilar olimpiya bayrog‘i ostida qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, CAS qaroriga ko‘ra, rossiyalik rasmiy shaxslar e'lon qilingan sanksiya muddati yakuniga qadar xalqaro sport federatsiyalarida rahbarlik lavozimini egallay olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, WADA 2019 yilning 9 dekabr kuni Rossiya sportiga nisbatan 4 yillik sanksiyalarni e'lon qilgandi. Bunga Rossiya tomonidan ketma-ket doping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilishi, Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalashtirilishi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:08
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18