O‘zbekiston | 17:22 / 18.12.2020
5664
2 daqiqa o‘qiladi
Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar uchun koronavirusga test narxi arzonlashtirildi
Xorijda o‘qiydigan talabalar O‘zbekistonga qaytganda koronavirusga test topshirish narxi istisno tarzida 50 ming so‘mdan oshmaydigan qilib belgilandi.
«Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan chegara o‘tkazish punktlari orqali respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy OTMda o‘qiydigan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 ming so‘mdan oshirmagan holda amalga oshirilishi belgilandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Bunda fuqaro pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi kerak.
- Ma'lumot uchun, may oyida O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi bosh davlat sanitariya inspektori (hozirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari) Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun test topshirish narxi 224 ming so‘m etib belgilangani haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq ayrim joylarda test topshirish narxi 400 ming so‘mgacha ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
20:04 / 19.01.2022
Kuniga o‘rtacha 45−50 mingta PZR-test olinmoqda - SVV
15:09 / 07.05.2021
Hindiston va Turkiyadan kelayotganlar bepul antigen test topshirishi yo‘lga qo‘yiladi
18:44 / 06.05.2021
«Javobi bir soatda chiqadigan koronavirus testi soxta» - PsR test natijalarini soxtalashtirish holatlariga rasman munosabat bildirildi
16:09 / 29.10.2020