Jamiyat | 08:18 / 21.12.2020
8694
2 daqiqa o‘qiladi

Go‘zallik saloniga o‘g‘rilikka tushgan shaxs voyaga yetmagan qiz bo‘lib chiqdi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 14 dekabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Namangan viloyati Chust shahar “Pansada” MFY hududida joylashgan 38 yoshli Sh.N.ga tegishli ayollar go‘zallik salonidan umumiy bahosi 10 000 000 so‘mlik noutbuk, planshet, ayollar kurtkasi, shapka, soch dazmoli, soch gafre dazmoli, ayollar sumkasi, rastushovka apparati, soch qaychisi va 10 quti kiprik o‘stirish uskunalari, har xil kosmetika bo‘yoqlari buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, hodisa joyida mavjud videokuzatuv kamerasidan olingan videotasvirlarni ko‘zdan kechirish hamda olib borilgan boshqa bir qator tergov-tezkor tadbirlari natijasida, 16 yoshli Sh.Q. jinoyatni sodir etganligi aniqlangan hamda undan o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan narsalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Sh.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta'minlangan holda so‘roq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid