Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikol Pashinyan iste'foga ketishga tayyorligini ma'lum qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq uning iste'fosini istasa, bunga tayyorligini ma'lum qildi. U Facebook’dagi sahifasida buning uchun navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish zarurligini yozdi.
“Men xalq qaror qilsa, bosh vazir lavozimidan ketishga tayyorman. Men bu lavozimdan faqat xalq qarori bilangina keta olaman”, deb yozgan Pashinyan.
U “xalq yana ishonch bildirsa, hozirgi murakkab vaqtda Armanistonga rahbarlik qilishni davom ettirishga tayyorligini” aytgan.
“Bu savollarga javob olishning bir yo‘li bor – navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish”, deb qo‘shimcha qilgan Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri saylovlarni 2021 yilda o‘tkazishni taklif qilgan.
22 dekabrda Yerevanda hukumatga qarshi norozilik aksiyalari yana boshlangani ma'lum qilingandi. Muxolifat umummilliy ish tashlash e'lon qilgan. Shuningdek, Pashinyanga qarshi chiqayotganlar hukumat binolarini to‘sib qo‘yishgan va Respublika maydonida chodirlar o‘rnatishgan.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025