Jahon | 10:37 / 03.01.2021
8923
1 daqiqa o‘qiladi
Atlantika okeanida bortida 20 kishi bo‘lgan qayiq yo‘qolib qoldi
AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Atlantika okeanida Bagam orollari va Florida sohillari o‘rtasida yo‘qolib qolgan kichik kemani qidirish ishlarini to‘xtatdi. Qayiqda 20ga yaqin odam bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, 28 dekabrda Bimini orolini tark etgan motorli qayiq shu kuni 130 km uzoqlikdagi Uort ko‘liga kelishi kerak bo‘lgan.
Biroq 29 dekabrda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati qayiq belgilangan vaqtda portga kelmaganidan ogohlantirilgan.
Shundan keyin ikki davlatdan qidiruv jamoalari 44 ming kvadrat kilometr hududda qidirish ishlarini olib borgan, biroq besamar urinishlardan keyin 1 yanvarda ularni to‘xtatishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
13:07 / 04.09.2024
La-Manshda migrantlar qayig‘i ag‘darilishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi
13:15 / 27.01.2024
“Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi” - Rossiyalik ikki qochoq oddiy qayiqda AQShgacha qanday yetib borgandi?
18:46 / 21.06.2023
«Titan» batiskafini qidirish: qutqaruvchilar «suv ostidagi shovqinlar»ni payqashgan
14:26 / 17.11.2022