Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochildi
Joriy yilning 7 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldida ochiq osmon ostida qurilgan muz maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa mutasaddilar ochib berishdi. Muz maydoni ochilishida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning nutqi o‘qib eshittirildi. Unda aytilishicha, maydoncha bir oy muddatga o‘rnatilgan va shu vaqt davomida bu yerda har kuni turli ko‘ngilochar tomoshalar, shoular, bolalar uchun qiziqarli sport tadbirlari namoyish etiladi. Bu tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va turizmni rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Har kunlik tomosha dasturlarini ko‘rish istagidagi va shaxsiy konkiga ega bo‘lgan muzda uchish ishqibozlari uchun maydonga kirish bepul. Maydon oldida muzda uchishga mo‘ljallangan aksessuarlar ijarasi xizmati ham yo‘lga qo‘yildi.
Ochilish marosimida respublikaning muz sporti yulduzlari hamda rossiyalik figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Aleksey Yagudin ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024