Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi qurg‘oqchilik yirik shaharlarning suvsiz qolishi bilan xavf solmoqda
Turkiyada oxirgi o‘n yillikdagi eng kuchli qurg‘oqchilik sababli mamlakatning yirik shaharlari yaqin haftalar ichida suv ta'minotisiz qolishi mumkin. Jumladan, Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulni suv bilan ta'minlovchi suv omborlarida 45 kunga yetadigan suv qolgan.
The Guardian nashrining turkiyalik mutaxassislar ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Istanbulni suv bilan ta'minlovchi suv omborlarida taxminan 138 mln kubmetr suv qolgan va bu miqdor bor-yo‘g‘i 45 kunga yetadi.
Shuningdek, Izmir va Bursani ta'minlovchi suv omborlari mos ravishda 36 va 24 foizgagina to‘lgan. Turkiya poytaxti Anqarada esa 110 kunga yetadigan suv qolgan.
Qurg‘oqchilikka 2020 yilning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning rekord darajada kamayib ketishi olib kelgan. Misol uchun, noyabrda bir yil avvalgidagidan 50 foiz kamroq yomg‘ir yog‘gan. Bundan tashqari, mutaxassislar joriy vaziyatga olib kelgan sabablar sifatida o‘rmonlar kesilishi va yashil hududlarning kamayishi, aholi ko‘payishi, sanoatlashtirish, iqlim o‘zgarishini aytishmoqda. 1980-yillardan beri ushbu sabablarga ko‘ra Turkiyada bir nechta katta ko‘lamli qurg‘oqchiliklar yuz bergan.
Mutaxassislar shaharlar ma'muriyatlariga aholi uchun suv me'yorlari kiritish masalasini tezroq ko‘rib chiqishni tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025