O‘zbekiston | 11:41 / 15.01.2021
15673
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili saylandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida deputatlar tomonidan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimiga Feruza Eshmatova nomzodi ma'qullandi. 

Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.

2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, Kun.uz Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘zgarishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Mavzuga oid