Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 fevraldan oshiriladigan nafaqalar miqdori haqida ma'lumot berildi
2021 yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
- bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 000 so‘m;
- kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha;
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
- bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m;
- ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m;
- uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam 434 ming so‘mdan 1 million 85 ming so‘mgacha oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvonga ega pensionerlar uchun to‘lov miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasining ta'kidlashicha, pensiyalar koronainqiroz paytida - 2020 yilning 1 sentyabridan oshirilgan. Lekin u paytda budjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
11:03 / 08.06.2024