Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi
Olimlar hozircha mazkur shtamm qanday xususiyatlarga ega ekanligi borasida aniq fikr bildira olmayapti.
Bavariyadagi Garmish-Partenkirxen shahri klinikasida koronavirusning noma'lum mutatsiyasi avj olishi qayd etildi. Shifoxonada 52 nafar bemor va 21 nafar shifokor yangi shtamm yuqtirgan, deb xabar bermoqda Muenchner Merkur nashri.
Kasallik yuqtirganlarning barchasidan olingan tahlil natijalari Charité shifoxonasiga yuborilgan bo‘lib, shifoxona mutaxassislari u koronavirusning butunlay yangi turi ekanligini aniqlagan.
Olimlar hozircha mazkur shtamm qanday xususiyatlarga ega ekanligi borasida aniq fikr bildira olmayapti.
Charité mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha koronavirusning 12 mingdan ortiq mutatsiyasi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 95 milliondan oshgan, 2 milliondan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025