Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlari g‘olibi deb e'lon qilindi
Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi Sadir Japarovni respublikada 10 yanvarda o‘tgan muddatdan avval prezident saylovlari g‘olibi deb rasman tan oldi.
16 yanvarda saylov komissiyasi 100 foiz byulletenlar qo‘ldan o‘tkazilgandan keyin Japarov 79,23 foiz ovoz to‘plab, saylovlarning 1-bosqichidayoq g‘alaba qozonganini e'lon qilgan. 2-o‘rinni 6,8 foiz ovoz bilan Adaxan Madumarov, 3-o‘rinni 2,35 foiz ovoz bilan Bobur Tolbayev egallagan.
Prezident saylovlaridagi davomat 39,34 foizni tashkil qilgan.
10 yanvarda, shuningdek, respublikada boshqaruv shaklini aniqlash bo‘yicha referendum ham bo‘lib o‘tgan. Unda davomat 40 foizdan kamroqni tashkil qilgan. Referendum natijalariga ko‘ra, Qirg‘izistonda boshqaruvning prezident shaklini 84,11 foiz, parlament shaklini esa 11,27 foiz ovoz beruvchi qo‘llab-quvvatlagan. Yana 4,52 foiz saylovchilar “barcha variantlarga qarshi” ovoz bergan.
Japarov Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalariga qarshi 2020 yil oktyabrda o‘tgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan. U prezident saylovlarida ishtirok etish uchun 14 noyabrda vaqtinchalik prezident vakolatlarini topshirgan va bosh vazir lavozimini bajarishni to‘xtatgan.
Qirg‘izistonda prezident 6 yillik muddatga saylanadi.
Ta'kidlanishicha, Japarovning inauguratsiyasi 28 yanvarda Qirg‘iziston davlat filarmoniyasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025