Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi - TIV
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil 19 yanvar kuni Moskva viloyati Ta'lim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi bo‘yicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli og‘ir vaziyatda qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi X.I. (2014 yil tug‘ilgan) haqida axborot olingan.
Qayd etilishicha, elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan fuqaroni vatanga qaytarish masalasi ishlab chiqildi. Xayriya mablag‘lari hisobidan Uzbekistan Airways AJning «Moskva-Toshkent» yo‘nalishidagi reysga aviachipta sotib olingan.
“X.I.ning O‘zbekistondagi qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, ularga voyaga yetmagan vatandoshimizning respublikaga qaytib kelish sanasi va vaqti ma'lum qilindi. X.I.ni aeroportda O‘zbekiston vasiylik organlari vakillari tomonidan kutib olinishi haqida kelishuvga erishildi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, 2021 yilning 22 yanvar kuni X.I. Uzbekistan Airways AJ bort kuzatuvchilari hamrohligida O‘zbekistonga uchib kelgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025