Jahon | 21:52 / 26.01.2021
2013
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi

26 yanvarda Kolumbiya prezidenti Ivan Duke mamlakatda koronavirus pandemiyasidan vafot etgan 51 mingdan ko‘proq kishi xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qildi.   

Foto: REUTERS/Luisa Gonzalez

Avvalroq shu kuni Kolumbiya mudofaa vaziri Karlos Olmes Truxilo 70 yoshida koronavirusdan vafot etgani ma'lum qilingan.

“Men koronavirusdan vafot etgan barcha kolumbiyaliklar va vazir Karlos Olmes Truxilo xotirasiga farmon imzoladim. Bizda 3 kunlik motam bo‘ladi va biz ushbu kasallik sababli bizni tark etganlarga hurmat bajo keltirmoqchimiz”, deb aytgan Duke La FM radiostansiyasi efirida.

Ta'kidlanishicha, Kolumbiya mudofaa vaziri 12 yanvarda koronavirusga musbat test topshirgan. Shundan keyin Truxilo davolanishni boshlagan, biroq shunga qaramay, kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyada koronavirusga chalinganlar soni 2 mlndan, vafot etganlar soni esa 51 mingdan oshib ketdi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid