Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford Xitoyda Mustang Mach-E elektromobillarini ishlab chiqaradi
AQShda ushbu elektromobil sotuvi yaqinda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning narxi 49,7 ming dollardan boshlanadi.
Amerikaning Ford Motor kompaniyasi Xitoyda mahalliy xaridorlar uchun Mustang Mach-E elektr krossoverlarini ishlab chiqaradi, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Xitoyda ishlab chiqarilgan Mustang Mach-E elektromobillari sotuvi yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan. AQShda ushbu elektromobil sotuvi yaqinda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning narxi 49,7 ming dollardan boshlanadi. Ford elektromobil Xitoy bozorida necha puldan sotuvga chiqishi haqida ma'lumot bermagan.
2020 yilda Xitoyda Ford avtomobillari sotuvi avvalgi yildagiga nisbatan 6,1 foizga o‘sib, 602,6 ming donani tashkil etdi.
Avvalroq Xitoy Mustang avtomobillarini qimmat narxda import qilardi. Mahalliy ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi evaziga Ford transport xarajatlari va bojxona to‘lovlariga sarflanadigan mablag‘ni tejab qoladi.
O‘tgan yil martda Ford Xitoyda Lincoln avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagandi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025