Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Polkovnik Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.
O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi farmoni bilan polkovnik Doniyor Qodirov ichki ishlar vazirining transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Ulug‘bek Toshxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Doniyor Qodirov o‘z vaqtida IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023
Prezident: «Tizimdagi islohotlar amaliy natijasini sohaning har bir xodimi, birinchi navbatda, xalqimiz o‘z kundalik hayotida sezishi shart»
14:13 / 16.09.2023