Fan-texnika | 15:57 / 03.02.2021
12121
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingan?

Uch yil avval O‘zbekistonga 13ta elektromobil import qilingandi. 2020 yil ushbu ko‘rsatkich sezilarli o‘zgardi. 

Foto: RIA Novosti

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonga xorijdan 131ta elektromobil import qilingan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mos ravishda 2019 yilda 39ta, 2018 yilda esa 13ta elektromobil olib kelinganligi qayd etilgan.

O‘tgan yil davomida elektromobillar quyidagi davlatlardan import qilingan:

  • Xitoydan – 92ta
  • Janubiy Koreyadan – 13ta
  • Gruziyadan – 7ta
  • AQShdan – 5ta
  • Germaniyadan – 5ta
  • Boshqa davlatlardan – 7ta

Ta'kidlanishicha, 2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan. 

Avvalroq, O‘zbekistonda «Labo» avtomobili bazasida elektromobil yaratish loyihasi amalga oshirilayotganligi ma'lum qilingandi. «Labo» elektromobilining boshlang‘ich tannarxi 10 ming AQSh dollari atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 2022 yilning 1 oktyabridan narxi 3 ming dollarga to‘g‘ri keladigan elektromobillar ishlab chiqarish mo‘ljallangani haqida xabar berilgandi

Mavzuga oid