Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada dunyodagi eng ensiz ko‘p qavatli bino quriladi
Binoning eni atigi 6,4 metrni tashkil etadi, balandligi esa 100 metrga yetadi. Sidneydagi Pitt-410 ko‘chasida quriladigan mazkur inshoot mehmonxona bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Durbach Block Jaggers arxitektura studiyasi dunyodagi eng ensiz ko‘p qavatli bino loyihasini namoyish etdi. Bu haqda Dezeen xabar bermoqda.
Binoning eni atigi 6,4 metrni tashkil etadi, balandligi esa 100 metrga yetadi.
Sidneydagi Pitt-410 ko‘chasida quriladigan mazkur inshoot mehmonxona bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki yetti qavatda vestibyul, qahvaxona va mehmonlar uchun joylar bo‘ladi. Oxirgi qavatlarda esa spa-markaz joylashadi.
Tevarak-atrofda erkin harakatlanish imkoniyati cheklanganligi sababli inshootni qurilish kranlaridan foydalanmasdan bunyod etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:37 / 07.02.2025
Avstraliyadagi uy hovlisidan 100 dan ortiq zaharli ilon topildi
18:22 / 13.04.2024
Sidneyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, qurbonlar bor
20:58 / 26.06.2021
Avstraliyaning eng yirik shahrida birinchi marta lokdaun kiritildi
22:27 / 23.04.2019