Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seulda uy hayvonlaridan koronavirusga test olinadi
Agarda test musbat chiqadigan bo‘lsa, jonivor 14 kunlik karantinga jo‘natiladi.
Seul va uning atrofidagi shaharlarda 9 fevraldan uy hayvonlaridan koronavirusga test olish boshlanadi.
Qandaydir simptomlar, masalan, qaltirash, yo‘talish, nafas olishning qiyinlashishi, ko‘z yoki burundan ko‘p suyuqlik kelishi kuzatilgan it va mushuklardan koronavirusga test olinadi.
Agarda test musbat chiqadigan bo‘lsa, jonivor 14 kunlik karantinga jo‘natiladi. Ammo u karantinni maxsus markazda emas, o‘zi yashaydigan uyda o‘taydi.
Ma'lumot berilishicha, Janubiy Koreyada yanvarda mushukda koronavirus aniqlangan. Ushbu holat Chinju shahrida qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025