Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda aprelda yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin
Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hozirda eski konstitutsiya bo‘yicha yashamoqda, yangi konstitutsiya qabul qilinishiga esa yana 2-3 oy bor.
Agarda Qirg‘iziston parlamenti konstitutsiyaning yangi loyihasini qo‘llab-quvvatlasa, u holda referendumni mahalliy boshqaruv kengashlariga saylovlar bilan birgalikda o‘tkazish mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma'lum qildi.
Japarov yaqinda Bishkekka bir sutka ichida ikki marta mer vazifasini bajaruvchi tayinlanganiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, islohotlar davrida kadrlar nafaqat har kuni, agarda «noto‘g‘ri odamlar bo‘lsa» har soatda almashishini ta'kidladi.
Sadir Japarovning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston hozirda eski konstitutsiya bo‘yicha yashamoqda, yangi konstitutsiya qabul qilinishiga esa yana 2-3 oy bor.
U mahalliy kengashlarga saylovlar 11 aprelda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini aytdi. Agarda Qirg‘iziston parlamenti konstitutsiyaning yangi loyihasini qo‘llab-quvvatlasa, u holda referendumni mahalliy boshqaruv kengashlariga saylovlar bilan birgalikda o‘tkazish mumkin, dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025