AQSh prezidenti Guantanamo qamoqxonasini yopmoqchi
Barak Obama 2007 yilgi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ushbu qamoqxonani yopishga va'da bergandi. Obamaning harakatlariga aksariyat qismi respublikachilardan iborat bo‘lgan AQSh kongressi qarshilik qilgandi.
Amerika prezidenti Jozef Bayden 2025 yilgacha Guantanamo qamoqxonasini yopish niyatida. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyennifer Psaki ma'lum qildi.
"Maqsad va niyatlarimiz xuddi shunday", - deb ta'kidladi u.
Psakining qo‘shimcha qilishicha, Bayden jamoasi "avvalgi ma'muriyatdan meros qolgan hozirgi ishlarning borishini baholash" ustida ishlamoqda.
Barak Obama 2007 yilgi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ushbu qamoqxonani yopishga va'da bergandi. O‘z navbatida, 2016 yilda Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi vaqtida Guantanamo qamoqxonasini yopmasligi va "uni yomon yigitlar bilan to‘ldirishini" aytgandi.
Obamaning harakatlariga aksariyat qismi respublikachilardan iborat bo‘lgan AQSh kongressi qarshilik qilgandi.
Tramp 2018 yil yanvarda qamoqxona yopilmasligi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2019 yil aprelida Guantanamoda 40 nafar mahbus bor edi.
Mavzuga oid
19:03 / 12.01.2022
Xitoy AQShni Guantanamo qamoqxonasini zudlik bilan yopishga chaqirdi
16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi
08:12 / 19.05.2021
Guantanamo turmasidagi eng keksa mahbus ozod qilinadigan bo‘ldi
01:25 / 06.11.2018