Ohangaron tumani hududi kengaytirilmoqda
Angren shahridan Ohangaron tumaniga o‘tkazilishi taklif qilinayotgan Nurobod qo‘rg‘onining barcha nuqtalari Ohangaron tumani «Yonariq» MFY bilan chegaralanadi. O‘rta Chirchiq tumanidan Ohangaron tumaniga o‘tkazilishi taklif qilinayotgan «O‘rtasaroy» MFY 2-uchastkasining barcha nuqtalari Ohangaron tumani «Gulobod» va «Yangihayot» MFY hamda Yuqori Chirchiq tumani bilan chegaralanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Toshkent viloyatining Angren shahri, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Hujjat loyihasida Angren shahri hududidagi 143,16 gektar («Nurobod» qo‘rg‘oni) hamda O‘rta Chirchiq tumani hududidagi 3278,92 gektar («Baxt» MFY hududidan 130,46 gektar, «Tosh DAU» MFY hududidan 1518,5 gektar, «A.Navoiy» MFY hududidan 264,5 gektar va «O‘rtasaroy» MFY hududidan 1250,2 gektar) yer maydoni Ohangaron tumani tarkibiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Bunda Angren shahridan Ohangaron tumaniga o‘tkazilishi taklif qilinayotgan Nurobod qo‘rg‘onining barcha nuqtalari Ohangaron tumani «Yonariq» MFY bilan chegaralanadi.
O‘rta Chirchiq tumanidan Ohangaron tumaniga o‘tkazilishi taklif qilinayotgan «O‘rtasaroy» MFY 2-uchastkasining barcha nuqtalari, Ohangaron tumani «Gulobod» va «Yangihayot» MFYlari hamda Yuqori Chirchiq tumani bilan chegaralanadi.
Loyiha tasdiqlangach, viloyatning Ohangaron tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Angren shahar 27-Hamza saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Angren shahar kengashi deputati Viktor Bandarenko Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashi deputati hisoblanishi qayd etilgan.
Chegaralar o‘zgartirilishi Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan, Konstitutsiyaning 78-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 13-moddalariga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.
- 2020 yil sentyabrida Qonunchilik palatasi qarori bilan Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024