Maxsus xizmatlar O‘zbekistondan Turkiyaga FETÖ’ning ikki a'zosini qaytardi
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) operatsiyasi natijasida O‘zbekistondan Turkiyaga Fathulla Gulen tashkilotining (FETÖ) ikki a'zosi qaytarildi.
Anadolu axborot agentligining xabar berishicha, turk maxsus xizmatlari Turkiyaga Gyurbuz Sevilay va Tamer Avjini qaytarishgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mudofaa sanoatida faoliyat yuritgan Sevilay 2016 yil 15 iyulda Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin FETÖ’ning davlat xizmatidan bo‘shatilgan yuqori mansabdor a'zolarini o‘z firmasiga ishga yollagan. U, shuningdek, Gulen tashkiloti a'zolari bilan 2017 yilda aloqada bo‘lgan.
2019 yilda Sevilay Kurdiston ishchi partiyasini raketalar, radiolokatsion va dronlarga qarshi tizimlar bilan ta'minlash uchun Iroq shimoliga yo‘l olgan. U Suriyaga noqonuniy tarzda kirib, Hasakada jangarilar qurol, o‘q-dori va transport vositalari ishlab chiqargan obektlarga tashrif buyurgan hamda ularning yetakchilari, jumladan Mazlum Kobaniy nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan Farhod Abdi Sahin bilan uchrashgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, Sevilay O‘zbekistonda FETÖ a'zolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish va Qirg‘iziston hamda Ukrainada guruhning davlat idoralariga kirib olgan a'zolari yordamida firmalar ochishda gumon qilinmoqda.
Tamer Avji esa talabalarni FETÖ safiga yollashda va tashkilotga tegishli kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlashda gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi FETÖ’ga a'zo bo‘lgan harbiylar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishni amalga oshirgandi.
FETÖ rahbari Fathulla Gulen ayni vaqtda AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Turkiya AQShdan uni ekstraditsiya qilishni talab qilib keladi.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
21:10 / 17.11.2024