Jahon | 21:15 / 18.02.2021
7974
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy bilan savdo urushi AQShga trillion dollardan ortiqroqqa tushishi mumkin

Ekspertlarning fikricha, Amerika korxonalarining Xitoy bozoridan ketishi AQShning global yetakchiligiga nisbatan jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi.

Foto: AP Photo / Charles Dharapak

Agarda Oq uy Xitoy bilan savdo urushini davom ettiradigan bo‘lsa, Amerika iqtisodiyoti o‘n yil ichida bir trillion dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotishini mumkin. Bu haqda savdo palatasi hisobotida aytilmoqda, deb yozadi CNBC.

Xitoy mahsulotlariga bojning 25 foizga oshirilishi AQShga yiliga 190 milliard dollarga tushishi mumkin. Xitoyga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning qisqarishi AQSh YaIMning 500 milliard dollar yo‘qotishiga olib keladi, deyiladi hisobotda. Amerikalik investorlar yiliga 25 milliard dollardan mahrum bo‘ladi.

Ekspertlarning fikricha, Amerika korxonalarining Xitoy bozoridan ketishi AQShning global yetakchiligiga nisbatan jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Amerika kompaniyalari global raqobatbardoshlikni yo‘qotishi mumkin.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 2017 yilda, Vashington Xitoyning qator mahsulotlariga boj to‘lovlarini oshirganidan so‘ng boshlangandi. 2020 yil boshida tomonlar sulhning «birinchi bosqichi» to‘g‘risida kelishuv imzoladi, ammo kelishuv to‘liq amalga oshishiga koronavirus pandemiyasi xalaqit berdi.

Fevral boshlarida AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy bilan savdo urushi olib bormasligini, buning o‘rniga xalqaro qoidalar doirasida raqobatlashishini ma'lum qildi

Mavzuga oid