Fan-texnika | 20:00 / 26.02.2021
14870
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mobiuz’ning 113 ta abonenti 1,5 milliard so‘m yutib oldi

Foto: Mobiuz

26 fevral kuni Toshkentda "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasining g‘oliblarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir poytaxtning Labzak ko‘chasidagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazida onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni aniqlash jarayonini onlayn tomoshabinlar – Instagram ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingi foydalanuvchilari, mustaqil komissiya a'zolari hamda ofisga kelgan abonentlar kuzatib bordilar.

Kompaniya bunday formatni bekordan tanlagani yo‘q. Har yili mobil aloqa operatori aksiyalar o‘tkazishning turli xil mexanizmlarni sinab ko‘rmoqda. Mazkur yilda asosiy e'tibor maksimal darajada onlayn tomoshabinlarni qamrab olishga qaratildi, zero har bir abonent yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bo‘lib o‘tayotgan voqealarni qulay tarzda ko‘ra olsin. Bu tadbirning maksimal shaffofligi va ochiqligini ta'minlash nuqtai nazaridan ham juda muhimdir.

Bundan tashqari, "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasiga naq 113 ta sovrin qo‘yilgandi. Shuni inobatga olgan holda, tomoshabinlar, ishtirokchilar va tashkilotchi uchun qulay bo‘lgan eng tezkor va samarali tarzda – tasodifiy raqamlar randomayzeridan foydalanib g‘oliblarni aniqlashga qaror qilindi.

Soat 11:00 da boshlovchi Nodirxon Muhammadxonov tadbirni boshlab berdi hamda aksiya shartlari, ishtirokchilar sonini eslatib o‘tdi.

"Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasi o‘tgan yilning 10 dekabridan shu yilning 10 fevraligacha o‘tkazildi. Ishtirok etish uchun abonentlar 5555 MB maxsus Internet-to‘plamini faollashtirishi kifoya edi. Har bir ulangan to‘plam yig‘ib boriladigan bitta imkoniyatga teng edi.

Boshlovchi respublikada jami 56 198 ID-kod ro‘yxatdan o‘tganligini qayd etdi. Yakuniy tadbirdan bir necha kun oldin ishtirokchilarga maxsus USSD-buyruq yuborildi (*161#), uning yordamida ular o‘zlarining noyob ID-kodlarini bilib olishlari mumkin edi. Kodlarning soni aksiya davomida abonentlar to‘plagan imkoniyatlar soniga teng.

Barcha kodlar abonent raqamining hududiy mansubligiga qarab bo‘lingan. Masalan, Jizzax viloyati abonentlarining ID-kodlari 04, Samarqand viloyatiniki 08 bilan boshlanadi. Har bir viloyatda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkentda sakkiztadan g‘olib aniqlanadi.

So‘ngra boshlovchi taniqli ekspertlarni o‘z ichiga olgan mustaqil komissiya a'zolarini tanishtirdi. O‘yin boshlandi. Viloyatlar bo‘yicha ID-kodlar ro‘yxati navbatma-navbat va qisqa tanaffuslar bilan randomayzerga yuklanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlar va layklardan foydalanuvchilarning katta hayajonlarini sezish mumkin.

Andijon viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo, Jizzax ... Boshlovchi har bir hudud uchun ID-kodlar sonini e'lon qilib turdi, kompaniya vakili esa mustaqil komissiya kuzatuvi ostida ma'lumotlarni randomayzer tizimiga yuklab bordi. Dastlab har biri 1 million so‘mdan 5 ta sovrin, keyin 10 million so‘mlik bitta sovrin, so‘ngra 20 million so‘m va 50 million so‘mni qo‘lga kiritgan abonentlar aniqlandi. Shunday tartibda mamlakatimizning har bir hududidan omadli abonentlar aniqlandi.

G‘oliblarni aniqlash jarayonida bir qator viloyatlardagi baxtli millionerlarga aylangan ishtirokchilarga qo‘ng‘iroq qilindi. Boshlovchi onlayn tarzda ularga xushxabarni yetkazdi va dastlabki taassurotlari bilan qiziqdi.

Eng hayajonli lahzalar 350 million so‘mlik super sovrin o‘ynalayotganda bo‘ldi. Bu o‘yinda aksiyadagi barcha ID-kodlar qatnashdi. Randomayzer mutlaq g‘olibning tasodifiy ID-raqamini tanlashini tadbirda qatnashayotganlar ham, onlayn foydalanuvchilar ham intiqlik bilan kutdi. O‘yin natijalariga ko‘ra, super sovrinni 14014600 ID-kod egasi (Toshkent shahridan) yutib oldi.

G‘olib chiqqan barcha ID-kodlar va g‘oliblar ro‘yxati allaqachon www.mobi.uz veb-saytiga joylashtirilgan. G‘oliblarni aniqlash marosimini kompaniyaning Youtube-sahifasida (https://youtu.be/0mcfyFJLGiE) tomosha qilishingiz mumkin:

Ammo bu hali hammasi emas. 1 martdan kompaniya vakillari g‘oliblar bilan bog‘lanib, sovrinlarni topshirish uchun hujjatlarini rasmiylashtira boshlaydi. Keyinchalik pul sertifikatlarini topshirish marosimlari ham bo‘lib o‘tadi, ular haqidagi ma'lumot Mobiuz'ning Telegram-kanalida (https://t.me/MOBIUZuzb) e'lon qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid