Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaga murojaat bilan chiqdi
Zelenskiy Qrimni «deokkupatsiya» qilish choralari to‘g‘risidagi qonunni imzolagani, bu choralar orasida qrim-tatar madaniyatini qo‘llab-quvvatlash va yarimorol aholisi huquqlarini himoya qilish kabilar borligini aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda «Obozrevatel» portali xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlar va ruslar orasidagi nafratga barham berish uchun Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarishi kerak.
«Qrim Ukrainaning yuragi edi. Quyoshli, mehribon, yorug‘. Yetti yil avval yuragimizni sug‘urib olishdi. Buni kim qilganini hech qachon unutmaymiz va buni qilishga yo‘l qo‘yganlarni ham aslo yoddan chiqarmaymiz. Ayrimlar yuragimizni qonuniy va hurmat bilan sug‘urib olishganiga ishontirishdi. Endi esa uni qo‘llarida g‘ijimlagancha Ukraina nima uchun xafa bo‘lganini, nega yaxshi munosabatlarni istamayotganini, nima uchun buni unuta va kechira olmayotganini anglay olishmayapti», — dedi Zelenskiy.
U Qrimni «deokkupatsiya» qilish choralari to‘g‘risidagi qonunni imzolagani, bu choralar orasida qrim-tatar madaniyatini qo‘llab-quvvatlash va yarimorol aholisi huquqlarini himoya qilish kabilar borligini qo‘shimcha qildi.
Qrim 2014 yilda referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan. Ukraina, YeI mamlakatlari va AQSh referendum natijalarini tan olmagan va yarimorol Rossiya tomonidan anneksiya qilingan deb hisoblagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025