Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haitida qamoqxonadan 400dan ortiq mahbus qochib ketdi
Mahbuslarning qochishi vaqtida 25 kishi, jumladan, qamoqxona direktori halok bo‘lgan.
Haiti poytaxti Port-o-Prensdagi qamoqxonadan to‘rt yuzdan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda "Bi-bi-si".
Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilishicha, mahbuslarning qochishi vaqtida 25 kishi, jumladan, qamoqxona direktori halok bo‘lgan.
Qurbonlar orasida o‘tkinchilar ham bo‘lgan. Ular jinoyatchilar tomonidan o‘ldirilgan.
Qayd etilishicha, voqea tafsilotlari aniq emas. Guvohlar otishma ovozini eshitishgan, so‘ngra ko‘chada mahbuslar paydo bo‘lgan. Qamoqxona yaqinidagi kiyim-kechak do‘konlari egalarining so‘zlariga ko‘ra, ular do‘konlaridagi mollarinining bir qismini jinoyatchilarga berishga majbur bo‘lishgan.
OAVning ma'lumot berishicha, "Krua-de-Buke" qamoqxonasiga ko‘pi bilan 872 nafargacha mahbus joylashishi mumkin. Shu bilan birga, hukumatning xabariga ko‘ra, u yerda 1500 nafar mahbus saqlangan.
Mavzuga oid
09:29 / 09.12.2024
Haitida qirg‘in: kamida 110 kishi o‘ldirildi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
21:37 / 21.08.2024
AQSh Haiti sobiq prezidentini giyohvand moddalar savdosida ayblab, unga sanksiyalar qo‘lladi
12:07 / 11.03.2024