Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 8 mart kuni Turkiyaning bosh konsulligi ochiladi
8 mart kuni Samarqandda Turkiya Respublikasining bosh konsulligi ochiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2 mart kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janerni qabul qilgan. Uchrashuvda ikki qardosh davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib kelayotgani e'tirof etilgan.
Salih Janer o‘zaro maqbul sohalarda O‘zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligini qayd etgan.
«Ko‘rib chiqilgan deyarli barcha masalalarda pozitsiyalar o‘xshash. Samarqandda Turkiya bosh konsulxonasining ochilishi ham ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi. Bosh konsulxonaning ish faoliyatida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Yuqori darajadagi mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildiraman», degan Salih Janer.
Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janer O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasi binosi 8 mart kuni ochilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025