O‘zbekiston | 11:23 / 07.03.2021
7896
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Urganchga keldi

6 mart kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.

«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, Urganch aeroportida mehmonni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Turkiya delegatsiyasi 6-9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari raisligidagi Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid