Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Mariya Kolesnikovani hibsdan zudlik bilan ozod etishga hamda Belarusdagi barcha siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga chaqirishda davom etadi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi.
Blinken davlat departamenti tomonidan turli mamlakatlardagi ayollarga mardonavor harakatlari uchun beriladigan mukofotlarni topshirish marosimida Vashington Belarusdagi siyosiy mahbuslarning ozod qilinishiga erishishda davom etishini bildirdi. U teleko‘prik shaklida o‘tkazilgan marosimda Belarus muxolifatchisi Mariya Kolesnikovani olqishladi.
"O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovi arafasida u Aleksandr Lukashenko – Yevropaning so‘nggi diktatori hukmronligiga qarshilik qilish uchun butun mamlakatdagi ayollarni safarbar qildi", - dedi Blinken.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kolesnikovani hibsdan zudlik bilan ozod etishga hamda Belarusdagi barcha siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga chaqirishda davom etadi.
Kolesnikova 2020 yil sentyabrda hokimiyatni egallab olishga da'vat qilishda gumonlanib hibsga olingandi. 2021 yil 12 fevralda u yana ikkita ayblov bilan – davlat hokimiyatini konstitutsiyaga xilof tarzda egallash maqsadida fitna uyushtirish va ekstremistik tuzilma tuzish hamda unga boshchilik qilishda ayblandi.
Mavzuga oid
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko
17:25 / 25.03.2025