Turklar bilan hamkorlikda Farg‘ona oliy turizm maktabi tashkil etilishi mumkin
Turkiyaning Xo‘ja Bayram Vali nomidagi universiteti bilan birgalikda Farg‘ona oliy turizm maktabi ochilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Baxcheshehir universitetining filialini ham tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Bu masalalar 9 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabarida aytilgan.
Abdulaziz Komilov va Mavlud Chovusho‘g‘lining o‘zaro uchrashuvi bilan birgalikda ular boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qator masalalar, xususan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Turkiya tomoni «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya, «Sharq taronalari», baxshichilik san'ati, hunarmandlar xalqaro festivallari va boshqa tadbirlarga taklif qilindi.
Strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi yakunlangach, ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va Tarjima xizmatlari sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Mavzuga oid
21:37 / 22.11.2024
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
16:56 / 22.11.2024
Turkiyaga me’yordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirgan o‘zbekistonliklar qamoqqa olinmoqda
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:12 / 19.11.2024