Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oliy harbiy ta'lim muassasalari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlash, o‘qishga qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ro‘yxatdan quyidagi oliy harbiy ta'lim muassasalari joy olgan:
Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi;
- Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi;
- Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti.
Ro‘yxatdan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Yong‘in xavfsizligi instituti va Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti chiqarib tashlanmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 28.03.2025
«Oliy bosh qo‘mondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi
07:44 / 01.11.2021
Harbiylarni oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan mablag‘lar undirib olinadi
08:36 / 23.10.2021
Oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalarida o‘qish kamida 3 yil davom etishi belgilandi
07:57 / 28.09.2021