Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda Xitoy vaksinasi bilan emlash boshlandi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevichning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari, pedagoglar va ijtimoiy xizmatlar xodimlari emlanadi.
Belarusda Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqqan Vero Cell koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda Belarus sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, vaksina ikki haftaga yaqin laborator nazoratdan o‘tkazilgan. Ekspertlar ushbu jarayonda uning yuqori sifati va xavfsizligiga ishonch hosil qilgan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevichning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari, pedagoglar va ijtimoiy xizmatlar xodimlari emlanadi.
«Mutaxassislar vaksinani mamlakatimizda mahalliylashtirish masalasini muhokama qilmoqda», — dedi Pinevich.
Avvalroq Belarus o‘z vaksinasini ishlab chiqayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024