Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi shaharda egasiz uylar 1 yevrodan sotuvga qo‘yildi
Ko‘chmas mulkni ta'mirlash ishlari xarid qilinganidan uch oydan kechikmay boshlanishi va uch yil davomida yakunlanishi shart.
Italiyaning Laurensana shahrida tashlandiq uylar 1 yevrodan sotuvga qo‘yildi. Bunda boshqa shaharlardagidan farqli o‘laroq, uy sotib olganlar sug‘urta depoziti to‘lashi shart emas, deb yozadi CNN travel.
Odatda, bunday mulkni sotib olganda ikki-besh ming yevro miqdorida badal to‘lash talab qilinadi. Mulkni sotib olgan shaxs ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarganidan keyin mablag‘ qaytarib beriladi. Laurensana hokimiyati odamlarga uyga ortiqcha xarajatlarsiz ega bo‘lishlarida yordam bermoqchiligini bildirdi.
Shuningdek, ushbu hududda soliq miqdori pastligi hisobga olinib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yig‘im miqdori ham 2000 yevrodan 300 yevroga tushirildi.
Ko‘chmas mulkni ta'mirlash ishlari xarid qilinganidan uch oydan kechikmay boshlanishi va uch yil davomida yakunlanishi shart.
Hozirda Laurensana markazida maydoni 40dan 150 kvadrat metrgacha bo‘lgan 10ta uy sotuvga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ta'mirga muhtoj va yangi egalarini kutayotgan yana 40ta uy bor. Ma'lum qilinishicha, xaridor uyni dastlabki holatiga keltirish uchun kamida 20 ming yevro sarflashga tayyor bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
15:50 / 19.05.2025